O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vaziri TAPP UZ mobil ilovasi asoschisi va jamoasi bilan uchrashdi
2022-07-22 | Texnologiyalar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida “TAPP PAYMENT” MCHJ rahbari hamda TAPP UZ mobil ilovasi asoschisi, investor Xurshid To‘rayev va uning jamoasi faoliyati bilan tanishdi.
Hozirda TAPP UZ ilovasida quyidagilar mavjud:
— ko‘plab mahsulotlarga ega savdo maydoni;
— pul o‘tkazmalari;
— kommunal to‘lovlar va boshqa ko‘plab xizmatlar;
— O‘zbekiston bo‘ylab mehmonxonalarni bron qilish;
— temir yo‘l va aviachiptalarni sotib olish;
— joriy valyuta kurslari.
“TAPP PAYMENT” MCHJ IT Park rezidenti bo‘lib, O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan mazkur tashkilotga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilgan.
Tashrif davomida Sh.Shermatov MCHJ tomonidan amalga oshiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi