O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlar huquqi jahon konstitutsiyalarida qanday aks etgan?

2022-07-21 | Jamiyat

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida 20-iyul kuni “Jahon konstitutsiyalarida xotin-qizlar huquqi to‘g‘risidagi qoidalarning aks etishi” mavzusida davra suhbati boshlandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shu yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya ish rejasiga muvofiq tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, akademik hamjamiyat va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.

Jamoatchilik eshituvi maqsadi – O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda ayollar, xotin-qizlar qadr-qimmati, huquq va erkinligi, qonuniy manfaatini samarali himoyalash, sohaning konstitutsiyaviy-huquqiy asosini mustahkamlash.

Tadbirning kirish qismida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi, BMT Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining yurtimizdagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Sergey Sizov nutq so‘zladi.

So‘nggi yillarda gender tenglik masalasi O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi. Xotin-qizlar huquq va manfaatini har tomonlama ta’minlash masalasiga oid 40dan ziyod normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga tegishli takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Ayni payt “Xotin-qizlar huquqining konstitutsiyaviy himoyasi”, “Xotin-qizlar huquqini kafolatlaydigan xalqaro standart va tamoyillar”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga xotin-qizlar huquqi to‘g‘risidagi qoidani kiritish yuzasidan takliflar” mavzusida munozara davom etyapti.

Manba: Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi

Поделиться