O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2022-07-19 | Siyosat

2022-yil 19-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Gruziya tashqi ishlar vaziri Iliya Darchiashvili bilan uchrashuv o'tkazdi.

I.Darchiashvili Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili boshchiligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga kelgan.

Muzokaralar chog'ida Gruziya tashqi ishlar vaziri mamlakatimizda Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Gruziyaning O'zbekiston bilan barcha sohalarda keng ko’lamli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligi ta'kidlandi. Tomonlar davlatlararo hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Siyosat, iqtisodiyot, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni jadallashtirish bo'yicha aniq takliflar ko'rib chiqildi.

Transport-tranzit sohasida o'zaro hamkorlik uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Xususan, O'zbekiston logistika markazlari va Gruziya dengiz portlaridan tovarlarni eksport qilish va import qilishda samarali foydalanish, yuklarni tashishda o’zaro asnoda chegirmalar va imtiyozlar berish, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bog'laydigan transport yo'laklari tizimini yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ta'kidlandi. Tomonlarning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi ta'kidlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish maqsadida O’zbekiston va Gruziya madaniyat va kino kunlarini o'tkazish, shuningdek, birgalikda ilmiy-texnik tadqiqotlarni amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi. Uchrashuv yakunida O'zbekiston Respublikasi va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2022-2024 yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.

****

Muzokaralar natijalari O'zbekiston va Gruziya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining OAV vakillari uchun matbuot uchun bayonotida e’lon qilindi. 

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться