O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ayollarning roli va faolligi oshiriladi

2022-07-18 | Jamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMT TD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish va faolligini oshirish” mavzusida trening tashkil etildi. 

Unda 40 dan ortiq idora va tashkilotlarning 100 nafarga yaqin vakillari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari ishtirok etdi.
Trening mashgʻulotlari davlat organlari vakillari bilan bir qatorda, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida oʻtkazildi. 

Maʼlumot uchun: Mazkur trening Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT TD oʻrtasida “Oʻzbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rolini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyatini hamda ayollar va yoshlar ovozini mustahkamlash” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Loyihada xotin-qizlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb etish va bu jarayonda ularning salohiyatini oshirish koʻzda tutilgan.

Treningdan koʻzlangan asosiy maqsad - davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning, shuningdek, jamoatchilik faollari va blogerlarning mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashishdagi oʻrni va faolligini oshirish, ushbu yoʻnalishda ayollarning bilim-salohiyatini kuchaytirish va tegishli usul va vositalar haqida xabardor qilish va ularni amaliyotta qoʻllash masalalarini atroflicha muhokama qilishdan iborat. Treningda taʼkidlanganidek, koʻplab jamiyatlarda ayollar muntazam ravishda korrupsiya bilan bogʻliq muammolarga duch keladi, afsuski, taʼlim, sogʻliqni saqlash va davlat xizmatlaridan foydalanishda maishiy korrupsiya holatlari hamon tez-tez uchrab turadi. Bunday va boshqa korrupsiogen xolatlarning samarali oldini olish maqsadida xotin-qizlarning mazkur yoʻnalishda bilimlarini oshirish, tegishli usul va vositalardan foydalanish va ijtimoiy faolligini yanada oshirish orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni taqozo etmoqda.

“Oʻzbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rolini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyatini hamda ayollar va yoshlar ovozini mustahkamlash” loyihasi ayni shu maqsadda ishga tushirildi va mazkur trening bu boradagi muhim qadamlardan biri boʻldi. 

Trening mashgʻulotlari “Transparency International” tashkilotining xalqaro ekspertlari Alena Vandыsheva, Andrey Jvirblis tomonidan olib borildi. Davlat organlari vakillari uchun tashkil etilgan treninglarda ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ayollarning roli, korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatni jalb qilishda jamoaviy harakatlar xususida batafsil maʼlumot berildi hamda ayni yoʻnalishlarda interaktiv mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Shuningdek, davlat hokimiyati, ochiq maʼlumotlar, jamiyat va davlat oʻrtasidagi hamkorlik va bu borada ilgʻor tajribalar tahlil qilindi. 

Biznes va notijorat tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi vositalar, bunda jamoatchilik nazorati imkoniyatlari koʻrib chiqildi. 

NNT, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokidagi treningda esa korrupsiyaga qarshi kurashishda ilgʻor tajriba va samarali vositalar, mazkur jarayonga jamoatchilik vakillarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish loyihalari samaradorligini baholashdagi yondashuvlar, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.  Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishda manbalar bilan ishlash, maʼlumotlarni tekshirish va jamoatchilik bilan hamkorlikka oid taqdim etilgan maʼlumotlar ham ishtirokchilar uchun foydali boʻldi.

Trening yakunida ishtirokchilarga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT TD tomonidan  sertifikatlar topshiriladi.

Поделиться