O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

JIDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi toʻgʻrisida

2022-07-18 | Ta’lim

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2021/2022 oʻquv yili bitiruvchilariga diplomlarni topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Xalqaro munosabatlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, siyosatshunoslik va xalqaro huquq yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olgan 195 nafar yigit-qiz oliy oʻquv yurti diplomini qoʻlga kiritdilar.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov, JIDU rektori Sodiq Safoyev va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari soʻzga chiqib, bitiruvchilarni hayotidagi muhim bosqichni yakunlagani bilan tabrikladi hamda ularning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Qayd etilganidek, Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mezonlari sifatida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, isteʼdod va qobiliyatini roʻyobga chiqarish kabi vazifalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu masala davlatimiz rahbarining doimo diqqat markazida boʻlib, aynan navqiron avlod vakillari Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessans davri bunyodkorlari sanalishadi. Maʼlum qilinganidek, bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlarining 40 foizdan ortigʻini JIDU bitiruvchilari tashkil etadi. Shuningdek, Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlaridan 12 nafari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro miqyosda samarali ilgari surish boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda samarali ilgari surish, xorijiy sheriklar bilan faol hamkorlik qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi vazifalarning sifatli bajarilishini faqat bilimli, yuqori malakali, iqtidorli va har tomonlama rivojlangan yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega mutaxassislargina taʼminlashi mumkinligiga alohida eʼtibor qaratildi. Shu munosabat bilan boʻlajak diplomatlarga doimiy ravishda oʻz ustida ishlash, bilim, tajriba va malaka oshirishga intilish, innovatsion uslublarini tatbiq etishga chaqirildi. 

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться