O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbar etib tayinlandi

2022-07-18 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 16-iyulida nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma'qullanganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Jamshid Abduxakimovich Xodjayev Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovdan oldin Jamshid Xodjayev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan oldin u 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlab kelgan. Undan avval esa O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa departamentlar ishini muvofiqlashtirgan.
 
Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil qilish, uning faoliyatini tartibga solishning to‘laqonli me'yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek Jamg‘arma resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
 
2021-yil 10-sentabrdan boshlab Jamshid Xodjayev Toshkent Davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga ham tayinlandi.
 
Ma'lumot uchun: Jamshid Xodjaev 1979-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. J.Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasining stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa Davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan so‘ng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha MBA darajasiga ega bo‘lgan.
 
Commerzbank (Germaniya), XVJ (AQSh), Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQSh), Rossiya Banki (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveytsariya) kabi qator xorijiy tashkilotlarning trening va o‘quv kurslarida qatnashgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться