O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziya kinoijodkorlari Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

2022-07-16 | Madaniyat

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi ko‘magida Malayziya Kino taraqqiyoti milliy korporatsiyasi (National Film Development Corporation Malaysia – FINAS) ijrochi direktori Nosir Ibrohim va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi.

FINAS korporatsiyasi 1981-yilda Malayziya kino sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Malayziya aloqa va mul'timedia vazirligi huzuridagi federal agentlik sifatida tashkil etilgan.
 
Malayziya vakillari mamlakatimizda milliy kinematografiya an'analarini rivojlantirish, kino sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni faollashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
 
Uchrashuv davomida kino sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, ikki davlat kino mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, ikki davlat kinoijodkorlari ishtirokida tadbirlar va ma'rifiy treninglar, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
 
Muloqot natijasida 14-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li gavhari» XIV Xalqaro Toshkent kinofestivalida Malayziya kinoijodkorlari delegasiyasining xalqaro festivallarda g‘olib bo‘lgan fil'mlari bilan ishtirok etishi yuzasidan kelishuvga erishildi.
 
Mazkur kinofestival' doirasida O‘zbekistonda Malayziya kinosi kunlarini tashkil etish hamda Hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirilgan.
 
Tomonlar joriy yilning to‘rtinchi choragida Malayziyada O‘zbek kinosi kunlarini o‘tkazish ustida ish olib borishga ham kelishib oldi.
 
Qo‘shma tashabbuslarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy qadamlarni muhokama qilish maqsadida ekspertlar darajasidagi bevosita maslahatlashuvlar davom ettiriladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться