O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasini qabul qildi

2022-07-16 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligining xalqaro aloqalar departamenti ,osh direktori Yun Chan Shik boshchiligidagi delegatsiya samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Delegatsiya tarkibidan Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash sanoatini rivojlantirish instituti (Korea Health Industry Development Institute), Seul Milliy universitetining Bundang shifoxonasi xodimlari o‘rin olgan.

Delegatsiyani O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev qabul qildi. Samimiy va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasida idoralararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o‘rtasida elektron sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha imzolangan Janubiy Koreyaning O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlikning 2-ish rejasi (2nd e-Health Action Plan) kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakillari delegatsiya aʼzolaridan Sirdaryo viloyatida tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish jarayonini baholashni so‘radi.

Bundan tashqari, delegatsiya Toshkentda Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashdi. Elchi har ikki mamlakat uchun ustuvor bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться