O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari hamda Yevropa tashqi harakatlar xizmatining Markaziy Osiyo boshqarmasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

2022-07-16 | Texnologiyalar

15-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Yevropa tashqi harakatlar xizmati Markaziy Osiyo boshqarmasi boshlig’i Dietmar Krissler bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yo‘nalishini asosiy drayver sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlashdan iborat ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda  tomonlar keng qamrovda hamkorlik qilish va uni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi hamda loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться