O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aerobiologiya va molekulyar allergologiyaga bag'ishlangan xalqaro seminar o'z ishini boshladi
2022-07-14 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan tashkil etilgan «Aerobiologiya va molekulyar allergologiya» mavzusida xalqaro seminar o'z ishini boshladi.
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Vena tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Italiyaning Lanzoni s.r.l. kompaniyasi tomonidan olib kelingan zamonaviy so'nggi avlod VPPS 2010 gul changi qopqonlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Namangan va Xorazm viloyatlarida o'rnatilgan bo'lib, seminarda mazkur uskunalardan foydalanish, ulardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha ma'ruzalar o'qish, amaliy ko'nikmalar berish va tajriba almashish ko'zda tutilgan. O'z navbatida, Belorussiya hamda Qirg'iziston mamlakatlarining mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Tadbirda biologiya fanlari doktori, professor, Belorussiya tibbiyot universiteti farmatsevtika fakul`teti dekani, tajribali o'qituvchi, taniqli olim, o'simliklar va ularning polenlarining allergen xususiyatlarini o'rganish, Polen kalendarlarini yaratish, mintaqaviy allergenlarni ishlab chiqish va bemorlarni giposensitizatsiya qilish sxemalari bo'yicha tadqiqot ishlari olib borgan olima Natal`ya Sergeevna Gurina, biologiya fanlari nomzodi, «Allergotop» loyihasining ilmiy direktori, etakchi rus palinologi, palen va o'simlik sporalari bo'yicha mutaxassis, zamonaviy mahalliy aerobiologiyaning kelib chiqishini o'rgangan olima Elena erestovna Severova, tibbiyot fanlari nomzodi, allergologiya, immunologiya va kasbiy patologiya kursi dotsenti Belarus Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining bosh erkin allergologi va kasbiy patologi, Belarus allergologlari va immunologlari jamiyati kotibi Tat`yana Vasilevna Baranovskaya, biologiya fanlari nomzodi, Issiqko'l davlat universiteti atrof-muhitni muhofaza qilish kafedrasi dotsenti Osmonbaeva Kыmbat Beyshenovna o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Hamdo'stlik mamlakatlarida otorinolaringologiyani rivojlantirish bo'yicha etakchi mutaxassislar allergiya sabablarini aniqlash, davolash va oldini olish imkoniyatlari haqida zamonaviy bilimlar bilan o'rtoqlashib, tajriba almashdilar. Molekulyar allergologiya diagnostikasi asoslari bo'yicha ma'ruzalar nafaqat shifokorlar, balki biologlar uchun ham qiziqarli bo'ldi. Amaliy mashg'ulotlar davomida Xalqaro molekulyar allergologiya tomonidan allergen o'simliklarni gul changi miqdorini aniqlash bo'yicha olib borilgan monitoring kalendarini yuritish haqida ma'lumotlar berildi.
Seminar 17- iyulga qadar davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi