O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Vebster universiteti rahbariyati bilan axborot texnologiyalari sohasida ta’lim yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

2022-07-13 | Ta’lim

Bugun, 13-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Toshkentdagi Vebster universitetining Xalqaro kompuslar bosh direktori Rayan Gaffi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Vebster universitetida yaqin istiqbolda axborot texnologiyalariga oid bir qator ta’lim yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingani aytib o‘tildi. Shuningdek, bu borada AKT vazirligi bilan bevosita hamkorlik qilish, o‘zaro sheriklikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, uchrashuvda ta’lim yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari o‘rnini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться