O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi

2022-07-13 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Hayati raisi Mixail Myasnikovich boshchiligidagi YeIK delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning kuzatuvchi davlat maqomida YeIK bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik, tenghuquqlilik va milliy manfaatlar hisobga olinishi tamoyillariga, shuningdek, O‘zbekistonning YeIK mamlakatlari bilan investisiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida yanada yaqin hamkorlik qilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga o‘zaro sodiqligini ta'kidladilar.
 
Muhokama yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hukumati va YeIKning 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan amaldagi Qo‘shma tadbirlar rejasiga Hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxatini imzoladilar. Unda mamlakatning tegishli vazirlik va idoralarining YeIKning tegishli bo‘linmalari bilan savdo, sanoat, bojxona va soliq ma'muriyatchiligi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmasevtika, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik qilish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться