O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘mita raisi: hojilarimiz amallarni bajarish chog‘ida davlatimiz ko‘magini his qilib turdilar

2022-07-13 | Jamiyat

Joriy yil 12-iyul kuni Makka shahrida “Haj – 2022” delegatsiyasi, ishchi guruhi, shifokorlar va oshpazlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlari qatnashdilar.

Dastlab Muftiy hazratlari so‘zga chiqib, bu yilgi haj amallari mukammal va chiroyli ado etilgani, Mino, Arafot, Muzdalifa, Jamarotdagi ibodatlar va qurbonliklar o‘z vaqtida bajarilganini alohida takidladi. Shuningdek, ushbu jarayonda xizmat qilgan barcha ishchi guruh, ellikboshi va shifokorlarning mehnatlarini alohida e'tirof etdilar.
 
So‘ngra, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev avvalgi haj mavsumiga nisbatan joriy yilgi kvota sezilarli darajada oshgani, umumiy ziyoratchilar soni 12 ming nafarni tashkil etgani, o‘z navbatida ushbu raqam mamnunlik bilan birga katta mas'uliyat yuklaganini bildirdi. Shuningdek, rais yurtimiz hojilari islomning beshinchi farzini bajarish chog‘ida hukumatimizning ko‘magini, beqiyos g‘amxo‘rligini his qilib turganlari, haj amallarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganini alohida qayd etdi.
 
Hojilar va ularning yaqinlari, xususan, yosh qori-qoriyalar tomonidan xatmi Qur'on qilish jadal davom etayotgani, Kalomi sharif xatmonasidan hosil bo‘lgan savoblarni Yurt rahbari, Vatan obodligi va din rivojiga baxshida etayotganlari kishini xursand qilayotgani ta'kidlandi. Mana shunday xatmi Qur'onlarning yakuni, ushbu yig‘ilishda mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda ushbu ulug‘ safarning yuqori saviyada tashkil etilgani uchun barcha mutasaddilarning haqlariga duolar qilindi.
 
Muborak safarda erishilgan yaxshi natijalarning barchasi o‘lkamizda insonlarni rozi qilish, qadri va sha'nini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan xayrli ishlar mevasidir.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться