O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

2022-07-08 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-iyul kuni London shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Prezidenti Odil' Reno-Basso bilan uchrashdi.

Tomonlar xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, sanoat va ijtimoiy sohada ekologik toza energiya va resurslar bilan ta'minlashga oid yechimlarni ilgari surish, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar ko‘rishni nazarda tutgan holda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga e'tibor qaratdilar.
 
YeTTB rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi ijrosini va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishni yanada qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini bildirdi.
 
Qiymati 1 milliard yevrodan ziyod 16 loyihadan iborat amaldagi investitsiyaviy portfelning amalga oshirilishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Qayd etish joizki, YeTTB 2021-yilda O‘zbekistonda 22 loyihani amalga oshirish uchun 600 million yevrodan ortiq investitsiyalar kiritgan. Muloqot chog‘ida mavjud masalalarni hal qilish va ko‘rib chiqilayotgan loyihalarning amaliy ijrosini jadallashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish algoritmlari ishlab chiqildi.
 
Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston eksport salohiyatini oshirish, mintaqaviy transport yo‘nalishlarini rivojlantirish, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida Bank bilan hamkorlik qilish masalalari ham o‘rin oldi.
 
YeTTB rahbariyati xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash, shuningdek, bozorning barcha ishtirokchilari uchun raqobatbardosh va teng huquqli muhit yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
 
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlarni ilgari surish va ko‘p qirrali sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish ustida birgalikda ishlashga kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va YeTTB o‘rtasida O‘zbekistonda irrigatsiya tizimidagi suv ta'minoti sohasida institusional boshqaruvni rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться