O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Societe Generale delegatsiyasi bilan uchrashuv
2022-07-08 | Iqtisodiyot
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o'rinbosari Omonullo Nasritdinxodjayev boshchiligida “Societe Generale”ning Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqaviy direktori Teyboy Guliyeva delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ma'lumot uchun: “Societe Generale” fransuz moliyaviy konglomerati bo'lib, bank bozorida "katta to'rtlik" qatoriga kiradi.
2017-yildagi ko'rsatkichlari bo'yicha uchinchi yirik bank hisoblanadi. Aktivlar soni bo'yicha dunyoda 20-o'rinni egallaydi. 2011-yildan boshlab jahon tizimida ahamiyatga ega banklar orasida turadi. Ushbu uchrashuvda tomonlar bank transformatsiyasi, bank operatsiyalarini amalga oshirish, bank tomonidan energetika, transport, neft va gaz sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, investitsiya imkoniyatlarini aniqlash, bozorga kirish qoidalari va strategik maslahatlar berish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo'shma loyihalar doirasida ikki tomonlama samarali hamkorlikni kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi