O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Raqobat muhitini yaxshilash orqali aholi va tadbirkorlarni keng polosali internetga ulashni jadallashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha operator va provayderlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2022-07-08 | Texnologiyalar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida Keng polosali maʼlumot uzatish tarmoqlarining holatini tahlil qilish va ularni yanada yaxshilash hamda shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan operator va provayderlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida axborot texnologiyalari sohasida, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari faoliyatida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda 2022-yilga mo‘ljallangan vazifalar xususida gaplashildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika hududida 40 ga yaqin telekommunikatsiya operatori va provayderlari abonentlarga Internet xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.
Muloqotda respublikadagi barcha aholi maskanlari, jumladan, uy xo‘jaliklarini simli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash va tarmoq qamrovini oshirish maqsadida telekommunikatsiya operatori va provayderlari tomonidan bugungi kunga qadar keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.
Ochiq muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan operator va provayderlar rahbarlarining fikrlari tinglandi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr va mulohazalar almashildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi