O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2022-07-08 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining maxsus vakili J. Charlz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr va mulohazalar almashildi. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, IT Park faoliyati haqida taqdimot o‘tkazilib, AKT vaziri Sh. Shermatov unda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar xususida tushuntirishlar berib o‘tdi.
O‘zbekistonda yoshlar orasida BPO va KPO kabi sohalarga bo‘lgan talab oshib borayotgani, ularni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash hamda hozirda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi