O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Bo'lajak olim» tanlovi hamda «Akademik harakatchanlik» dasturi doirasida g'olib bo'lgan yoshlar taqdirlandi

2022-07-08 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligida Yoshlar akademiyasi a'zolarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda umumiy qiymati 12 mlrd. so'mga teng bo'lgan 23 nafar startap loyiha rahbarlari, 3.2 mlrd. so'mga teng bo'lgan 7 nafar ilmiy loyiha rahbarlari hamda 10 nafar Akademik harakatchanlik dasturida doirasi g'olib bo'lganlarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirni innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova ochib berdi.

– Bugungi kunda yoshlarimiz juda ko'p yaxshi g'oyalar, loyihalarni amalga oshirmoqdalar Ayniqsa, viloyatlardagi yoshlarning ishtiyoqi juda baland, – dedi vazir o'rinbosari. – Ular taklif qilayotgan startaplar, loyihalar, tashabbuslar hammasi davlatimizni rivojlanishiga hissa qo'shishga qaratilgan. Yoshlarni qo'llab-quvvatlash orqaligina yurtimiz farovonligiga erishishimiz mumkin.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi 2019-yilda tashkil etilgan bo'lib, shu davr ichida tashkilot tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, iqtidorli aniqlash va munosib taqdirlash, ularing takliflarini o'rganib, to'g'ri yo'naltirish borasida ko'plab ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda 3600 nafardan ortiq innovatsion loyihalar va g'oyalarga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo'lgan olimlar va tadbirkorlarning ma'lumotlar bazasi shakllantirildi.

Yoshlar akademiyasi a'zolarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli tanlovlar, musobaqalar, shuningdek forumlar, konferentsiyalar va mahorat darslari tashkil etib kelinmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться