O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
J.Bayramov bilan telefon orqali muloqot haqida
2022-07-07 | Siyosat
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko’rib chiqildi.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari bo'yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlandi.
Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida "O'zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib oldilar.
J.Bayramov Qoraqalpog'istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Rahbariyati tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to'liq qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday harakatlarga yo'l qo'ymaslik muhimligi qayd etildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi