Bojxona tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlarining tasdiqlangan a'zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova raisligida 2022-yil 17-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha mehnat jamoalarida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan bergan topshirig‘ini ijro etish maqsadida Davlat bojxona xizmati organlarida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 29- iyun kuni DBQ Raisi o‘rinbosari, bojxona xizmati polkovnigi Otabek Choriev boshchiligida bojxona tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlarining tasdiqlangan a'zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, bojxona organlarida Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining o‘rni, asosiy vazifasi, mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ma'naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ish rejalarida belgilanadigan ustuvor vazifalar haqida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 29 va 30-iyun kunlari Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar uchun gender masalalari bo‘yicha ikki kunlik seminar-trening o‘tkazilgan edi. Ushbu seminar yakuni bo‘yicha bojxona organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar boshling‘ich tashkilotlari raislari gender masalalari bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi.
Mavzu doirasida ega bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan o‘rtoqlashish, shu bilan birga joriy yilning 22-23-iyun kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida savdoda ayolarning yetakchiligi va hamkorligi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarida xizmat olib borayotgan ayol-xodimalar uchun gender masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan terninglarning tarqatma materiallari asosida 2022-yilning 5-iyul kuni Davlat bojxona qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy apparati Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti Raisi Umida Pirmuxamedova va Daromadlar va bojxona statistikasi Bosh boshkarmasi Bojxona kiymati uslubiyoti bulimi bosh inspektori Oksana Pulatovalar tadbir qatnashchilariga gender tamoyillariga amal qilish konsepsiyasi hamda milliy darajada va kundalik kasbiy faoliyat davomida gender masalasini integratsiya qilishning zarur vositalariga ega bo‘lishlari uchun gender bo‘yicha xalqaro darajadagi tajribalar bilan tanishtirishdi.
Trening davomida gender masalasini inobatga olgan holda ayollarning huquq va imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan vositalar atroflicha muhokama qilindi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi