O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston–Germaniya biznes forumi doirasida Germaniyalik ishbilarmonlar bilan AKT sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi

2022-07-06 | Siyosat

Toshkent shahrida O‘zbekiston–Germaniya ishbilarmonlar kengashi (GUDS) 6-yig‘ilishi doirasidagi biznes-forum boshlandi.

Forum 5-6-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejаlashtirilgan.

Ushbu yig‘ilishdan asosiy maqsad - oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatini muhokama qilish, mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, biznesini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish, shuningdek, germaniyalik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashishdan iborat.

Ushbu forum ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov, shuningdek, respublika vazirlik rahbarlari va yuqori lavozim vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov germaniyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda bir nechta muhim masalalar, jumladan, O‘zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va unga ko‘maklashish, mamlakatda IT eksport hajmini oshirish, shuningdek, BPO markazlari faoliyatini kengaytirish va ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuvda mamlakatimiz iqtisodiyotiga Germaniyaning sarmoya, tajriba va innovatsion texnologiyalarini jalb qilish bo‘yicha masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться