O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda “Inson qadri” onlayn platformasi taqdimoti o‘tkazildi

2022-07-05 | Jamiyat

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Inson qadri” onlayn platformasi taqdimoti, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uning ijrosida jamoatchilik monitoringini tashkil etish haqida so‘z bordi. bugungi kunda yurtimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda.

Taqdimotda uning ishlash mexanizmi va kutilayotgan natijalar haqida so‘z bordi. Jumladan, “davlatdasturi.uz” onlayn platformasi orqali Taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturining ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilik tomonidan kuzatib borish imkoni yaratilgani, aholi dasturning ijrosi yuzasidan o‘z fikr, taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkinligi bildirildi. Davlat dasturining har bir bandi ijro holatini ko‘rsatib o‘tish imkoniyati yaratilganligi tegishli davlat organlarining dastur ijrosi bo‘yicha mas’uliyati va hisobdorligini oshiradi.

Tadbirda Taraqqiyot strategiyasida belgilangan yettita ustuvor yo‘nalish va uni amalga oshirishga qaratilgan yuzta maqsad hamda ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamalarini tashkillashtirishda ham faollikni oshirish zarurligini aytib, loyihaning eng asosiy jihatlariga e’tiborni qaratdi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida fuqarolarning iqtisodiy huquqlari, xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatning erkinligini himoya qilishga oid o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi aytib o‘tildi.

Manba: O'zA

Поделиться