O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Botir Zaripov: “Mahalla raislari hududdagi ijtimoiy dolzarb muammolar yechimiga e’tibor qaratishi zarur”

2022-07-05 | Jamiyat

Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida joriy yilning may oyida viloyatda yangidan saylangan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun o‘quv-amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminarning dastlabki kuni yangidan saylangan mahalla raislari viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi. Muloqotda viloyat rahbari har bir o‘zini o‘zi boshqarish organi mutasaddisini bu e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi. 

Hududga biriktirilgan hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar, shuningdek, yoshlar yetakchisi hamda ichki ishlar profilaktika inspektori, qolaversa, mahalla faollari, kayvoni hamda vakillar bilan yaqin hamkorlikda hududda bo‘y ko‘rsatayotgan ijtimoiy dolzarb muammolar yechimiga e’tibor qaratishlari zarurligini ta’kidladi. Bunda mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish orqali aholi muammolarini hal etish, mahalla raislari tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Mehr daftari” orqali mavjud muammolarni tizimli hal etish zarurligi e’tirof qilindi.  

Qolaversa, “Obod mahalla” hamda “Obod qishloq” davlat dasturlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda tashabbuskor bo‘lish, hudud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga doir belgilangan chora-tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishida jonbozlik ko‘rsatish mahalla raislarining bevosita zimmasidagi mas’uliyat ekani qayd qilindi.  

Bundan tashqari, mahalla raisining hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, shuningdek, hududga biriktirilgan sektor rahbari darajasidagi muammolarga doir amalga oshirishi lozim bo‘lgan missiyasi ham salmoqli ekani alohida ta’kidlandi. Samimiy va ochiq munozara tarzida kechgan muloqotda viloyat rahbari tomonidan mahalla raislariga zarur tavsiyalar berildi. 

O‘z navbatida, Buxoro shahridagi “Shayx ul olam” MFY raisi Mohira Tosheva, Buxoro tumanidagi “Oybek” MFY raisi Inobat Rizayeva hamda boshqalar yurtimizda o‘ziga xos shakllanib, obod maskanga aylanib borayotgan mahalla “imidji”ni yaratish, undagi muammolarni tizimli yechishga doir fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Tadbirda mahalla raislari o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga atroflicha javob oldi. Ma’lumot uchun, o‘quv amaliy seminarlar natijadorligini ta’minlash maqsadida shu yil 27-29 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tegishli vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari, hududiy boshqarmalar boshliqlari tarkibida trener-moderatorlar tayyorlangan. 

Viloyat shahar va tumanlaridagi jami 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inining yangidan saylangan raislari uchun 1-6 iyul kunlari Buxoro davlat universitetida o‘quv amaliy seminar tashkil etilgan. Bu ularning zimmasidagi vazifa, maqsad va majburiyatlarini yanada teran tushunib olishiga xizmat qiladi.  

Birinchi bosqichda Buxoro va Kogon shahri, Buxoro, Kogon tumanlari hamda Peshku tumanida faoliyat olib borayotgan 183 nafar mahalla raislariga 18 nafardan iborat moderatorlar 36 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida mahallada mahalla raisining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi hamda mas’uliyati, aholining turli guruhlari bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik amaliyoti kabi dolzarb mavzular bo‘yicha bilim bermoqda. 

Zarif Komilov

Manba: O'zA

Поделиться