O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashuv

2022-07-05 | Iqtisodiyot

Shu kunlarda “MEDEF Internasional'” Fransiya korxonalari harakati a'zolaridan tarkib topgan fransuz ishbilarmonlari delegatsiyasi mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turishibdi.

Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ularni qabul qildi.
 
 
Fransiya O‘zbekistonining Yevropadagi muhim sheriklaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlarimiz ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan ko‘plab sohalarda faol hamkorlik qilib kelmoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilda Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi va mutlaqo yuqori darajaga olib chiqdi.
 
Ayni paytda yurtimizda Fransiya sarmoyasi ishtirokida 50 ga yaqin korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular orasida “Suez”, “EDF”, “Airbus”, “Orano”, “Total” va boshqa kompaniyalar faoliyatini alohida e'tirof etish darkor.
 
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa qator sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
 
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish zarurligi qayd etildi, uzoq muddatli hamkorlikni yuqori sur'atlar bilan rivojlantirish zarurligi alohida ta'kidlandi.
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmati

Поделиться