Toshkent shahar hokimligida TED University (Anqara, Turkiya) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jahongir Ortiqxo‘jaev mehmonlarga samimiy qarshi olib, o‘zbek-turk munosabatlarining jadal sur'atlarda rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tdi. Tarixan shakllangan ishbilarmonlik va do‘stona aloqalar, sermahsul va ko‘p qirrali hamkorlikka urg‘u berdi.
Uchrashuvda yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining soni mamlakatimizda tobora ortib borayotgani aytib o‘tildi. Taraflar ta'lim sohasida istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar, o‘zaro imkoniyat va takliflarni o‘rganib chiqishga hamda muloqotni yanada aniqroq darajada davom ettirishga kelishib oldilar.
Manba: Toshkent shahar hokimligi