O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining oltmish oltinchi sessiyasi: Shaharni obodonlashtirishga alohida e'tibor qaratilyapti

2022-07-04 | Jamiyat

Sessiyada deputatlar tomonidan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovning hisoboti eshitilib, muhokama qilindi. Mutasaddining ta'kidlashicha, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan “Obod mahalla” dasturi doirasida joriy yilda 12 tumanning 22 mahallasidagi 96 obe'ktdan 78 tasida ishlar boshlangan. Shundan 14 tasida ishlar yakunlangan. Ayni paytda jami ta'mirlangan maydon 63 792 kv metrni tashkil qiladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatidan poytaxtga o‘tkazilgan aholi punktlarini 2021-2024- yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha 346 ta obektlarda loyiha-smeta ishlari tayyorlangan bo‘lib, bugungi kunda 70 ta obekt loyihalari bo‘yicha ekspertiza xulosalarini olish jarayoni davom etmoqda.
 
Shu bilan birga, shahar va tuman ichki ko‘chalarini joriy ta'mirlash ishlari ham jadal olib borilmoqda. Xususan, avtomobil' ko‘priklari, transport tunnellari, piyodalar yer osti o‘tish yo‘llari, piyodalar ko‘priklari, piyodalar yer usti o‘tish yo‘llarini qurish va mavjudlarini ta'mirlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 
 
Shaharni yanada ozoda saqlash va tozalikka rioya qilish maqsadida markaziy ko‘chalar va jamoat transporti to‘xtash bekatlariga qo‘shimcha chiqindi qutilari o‘rnatilayotganligi ham qayd etildi. Shuningdek, kuzgi va bahorgi yog‘ingarchiliklar mavsumida suv toshqinlarining oldini olish maqsadida irrigasiya tarmoqlarini tartibga keltirish chora-tadbirlari ko‘rilayotganligi xususida ham deputatlarga ma'lumotlar taqdim etildi.  Buning uchun 5,77 milliard so‘m mablag‘ hisobiga maxsus texnika vositalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan.
 
Bundan tashqari, sessiyada shahar hokimi o‘rinbosari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi Shohruh Rahimjonovning Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi “Ko‘p qavatli uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori ijrosi bo‘yicha hisoboti ham eshitilib, deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama etildi. 
 
Shuningdek, boshqa bir qator tashkiliy masalalar ham deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
 
Sessiya yakunida muhokama etilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться