O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonini tasdiqlash haqida
2022-07-03 | Hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Qo‘shma Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati QAROR QILADILAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida»gi PF–164-sonli Farmoni tasdiqlansin.
2. Ushbu Qo‘shma qaror darhol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Norboyeva
|
Toshkent shahri,
2022-yil 2-iyul,
Manba: O'zA