O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Global innovatsion indeks nashri hammuharriri bilan muzokaralar o'tkazdi

2022-06-30 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligidagi delegatsiya Shveytsariya innovatsiyalar agentligi bilimlarni transfer qilish va xalqaro hamkorlik departamenti boshlig'i Mark Paukard, Shveytsariya milliy innovatsion parklari tarmog'i ijrochi direktori o'rinbosari Rafael Chants hamda Global innovatsion indeks nashrining hammuharriri Sasha Vunsh – Vinsent bilan muzokaralar o'tkazdi.

Uchrashuvlar doirasida Shveytsariya innovatsion siyosati, innovatsiyalarni rag'batlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlar va innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishildi. Shveytsariya ta'lim, tadqiqot va innovatsiyalar markazlari tarmog'i “Swissnex”, Federal texnologiyalar institutining “ETH Zurich - Leading House Asia” Sharqiy va Janubi – Sharqiy Osiyo bilan ikki tomonlama fan va texnologiya hamkorlik va Evropa ittifoqi va boshqa xalqaro grant dasturlari doirasida hamkorlikni yo'lga ko'yish borasida kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan birga, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti qoshidagi Global innovatsion indeks (GII) nashrining hammuharriri Sasha Vunsh – Vinsent bilan O'zbekistonning mazkur indeksdagi reytingini yaxshilash borasida zarur chora – tadbirlar masalasida maslahatlashuvlar o'tkazildi.  

Shveytsariyaning etakchi tashkilotlari vakillari joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan “INNO week” innovatsion g'oyalar haftaligiga taklif etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Seysmologiya Instituti

Поделиться