Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Le Cordon Bleu akademiyasining prezidenti Andre J. Kuantroni qabul qildi
Toshkent shahar hokimligida J. Ortiqxo‘jaev Le Cordon Bleu fransuz kulinariya san'ati akademiyasining prezidenti Andre J. Kuantro bilan uchrashdi.
Poytaxt hokimi mehmonni qarshi olib, hokimlik tomonidan mahoratini oshirish uchun yuborilgan bir guruh toshkentlik oshpaz va qandolatchilarning o‘qishini tashkil etilishi uchun minnatdorlik bildirdi.
Andre J. Kuantro hokimga mehmondo‘stligi va vaqti tig‘iz bo‘lishiga qaramay, qabul uchun minnatdorlik bildirib, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U bundan avval O‘zbekistonga 2011-yilda kelgan, bu safar tashrif buyurib esa, poytaxtda tubdan ro‘y bergan o‘zgarish va ijobiy islohotlardan ajablandi.
Janob Kuantro hozirgi kunda dunyoning 29 mamlakatida Akademiyaning 56 ta filiali tashkil etilganligini ma'lum qildi va navbatdagi filialni Toshkentda, o‘zaro manfaatli shartlarda ochishga qiziqtirish bildirdi.
Toshkent shahar hokimi qandolatchilik san'ati va mehmonxona xizmatini ko‘rsatish sohasida yetakchi bo‘lgan fransuz akademiyasining filiali ochilgan MDHdagi birinchi mamlakat aynan O‘zbekiston bo‘lishiga umid bildirdi.
Taraflar o‘zaro shart va imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Manba: Toshkent shahar hokimligi