12:44:52 (GMT+5)    14.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o'rinbosari bilan uchrashuv

2022-06-30 | Siyosat

O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta'limni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Saodat Siddiqova bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholini kasb-hunarga tayyorlash va professional ta’lim markazlar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarnig mamlakatimiz hududlarida tashkil etilayotgan professional tayyorgarlik markazlariga har tomonlama ko'maklashishlari to'g'risida kelishuvga erishildi. Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasini o'rganish asosida mazkur muassasalar faoliyatini yaxshilash bo'yicha aniq, asosli takliflar ishlab chiqiladi. 

Ushbu markazlar faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda. O'zbekistonlik mutaxassislarini o'qitish bo'yicha xorijiy tuzilmalar ishtirokida qo'shma loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasining chet eldagi har bir diplomatik vakolatxonasini mamlakatimizning barcha hududlaridagi kasbiy ta’lim markazlariga biriktirish taklif etildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться