O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Belarus Elchisi bilan uchrashuv
2022-06-29 | Siyosat
2022-yil 29-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.
Bo’lib o’tgan suhbat chog'ida turli sohalardagi O'zbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlarning xalqaro institutlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligiga alohida e'tibor qaratildi.
Ikki va ko'p tomonlama shakllarda bo'lajak qo'shma tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari ko'rib chiqiladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi