BOMKA dasturi doirasida gender masalalari bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
Bugun, 29-iyun kuni Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMKA 10) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining ayol xodimlari uchun tashkil etilgan gender masalalari bo‘yicha 2 kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.
Seminar avvalida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, hususan bojxona tizimida gender tamoyillarining muhimlilik darajasi hamda O‘zbekiston Respublikasining gender siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi erishilgan yutuqlar haqida so‘z bordi.
Trening davomida huquq-tartibot va bojxona idoralarida gender siyosati bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan xalqaro darajadagi gender muammosi bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Ushbu ma'lumotlar yordamida esa ishtirokchilar uchun gender tamoyillariga amal qilish konsepsiyasini chuqurroq tushunish imkoni yaratildi.
Shuningdek, milliy darajada va kundalik kasbiy faoliyat davomida gender masalasini integratsiya qilishning zarur instrumentlari taqdim etildi.
Trening davomida amaliy misollar keltirilib ayollarning huquq va imkoniyatlarini genderga bog‘liq xolda kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash vositalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga transchegaraviy sharoitda bojxona organlari xodimlarining kasbiy vazifalarini bajarishda gender hususiyatlariga alohida e'tibor qaratildi.
Ushbu seminar-trening BOMKA 10 dasturining inson huquqlari, gender tengligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarni qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratgan holda mahalliy iqtisodiy rivojlanish orqali chegara hududlarida yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha 4-komponenti doirasida tashkil etildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi