O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama etildi

2022-06-29 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi videokonferensiya tarzida muhokama etildi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Dilorom Fayzieva, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Raximov, vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari va quyi tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
 
Muhokama chog‘ida iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta'minlash, xususiy mulk daxlsizligini Konstitusiyada mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va mavqeini oshirish kabi konstitusiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutgan holda, mamlakatimizning asosiy Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning dolzarbligi qayd etildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu loyihada oila institutini rivojlantirishning konstitusiyaviy asoslari belgilangani, mamlakatda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga, yoshlarni, ularning huquq va manfaatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, insonparvarlikning amaldagi tizimi samaradorligini oshirishga ayniqsa, nogironlar va keksa avlod vakillari uchun huquqlarni himoya qilish, bolalar mehnatining oldini olishga ustuvor ahamiyat berilganiga alohida e'tibor qaratdilar. Konstitusiyaga maxsus ekologik bo‘limlar, shuningdek, bolalar bog‘chalari, maktablar, oliy ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish nuqtai nazaridan kiritilgan o‘zgartirishlar dolzarbligi ham ta'kidlandi.
 
Dilorom Fayzieva Konstitusiyaga taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan mazmunli taqdimot o‘tkazib, har bir yo‘nalishga atroflicha e'ttibor qaratdi. Savol-javob sessiyasi muhokama qilinayotgan qonun loyihasida mustahkamlangan bir qator yangi normalarning mazmun-mohiyatini yanada batafsil ochib berish imkonini berdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться