O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat xaridlari bo‘yicha shartnomalarni elektronlashtirish

2022-06-28 | Texnologiyalar

2022-yil 27-iyun kuni Moliya vazirligida davlat xaridlari bo‘yicha to‘gridan-to‘gri shartnomalar tuzish hamda ularni g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini yanada soddalashtirish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Moliya vazirligi G‘aznachiligi Davlat xaridlari departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, davlat xaridlari elektron tizimining operatorlarining ma'sul xodimlari va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilish davomida ishtirokchilar mavzuga doir masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi va ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘llari muhokama qilindi.
 
Yig‘ilish so‘ngida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, namunaviy nusxada elektron tarzda shartnomalar tuzish va ularni yuridik xizmatdan o‘tkazish, shuningdek mazkur shartnomalarni g‘aznachilik bo‘linmalarida inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlarini qisqa muddatlarda amalga oshirishga kelishib olindi.
 
Ma'lumot uchun, xozirgi kunda to‘gridan-to‘gri, yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar an'anaviy tarzda (qog‘oz shaklida) tuzilmoqda hamda ularning g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni ma'sul xodimlar ishtirokida amalga oshirib kelinmoqda.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться