O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to'lqinidagi mutatsiyalar aniqlandi - tadqiqot natijalari xalqaro jurnalda chop etildi

2022-06-28 | Innovatsiya

2021-yil iyul-avgust oylarida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to'lqinda O'zbekistonda tarqalgan 39 ta og'ir va o'ta og'ir bemorlardan ajratib olingan SARS-CoV-2 koronavirusini to'liq genomi o'qildi. SARS-CoV-2 klinik izolyatlarni to'liq genomi tahlil qilinganda nukleotid darajasidagi jami 223ta variatsiya (SNP) uchragan bo'lib, shundan 34 tasi deletsiya ekanligi aniqlandi. 

e'tiborlisi, avval nashr etilmagan 2ta yangi mutatsiyalar aniqlangan bo'lib, ular Nsp13 va Nsp 12 nostrukturali oqsilda A85P va Y479N mutatsiyalaridir. Barcha izolyatlarning S-oqsilida D614G mutatsiyasi uchragan. 

Klinik izolyatlarda uchrovchi SARS-CoV-2 variantlarini «Nextstrain» yordamida tahlil qilindi. Natijalarga ko'ra o'sha davrda Delta (82%), Alpha (10,3%) va 20A (7,7%) shtammlari tarqalgani aniqlandi. Delta shtammini geografik tarqalish xaritasiga ko'ra Rossiya, Daniya, AQSh, Misr va Bangladesh gruhlariga bo'lish mumkin. Bizning hududda uchragan del`ta varaiantlar 21A (56%) va 21J (44%) ga yaqin ekanligi ma'lum bo'ldi. Del`ta shtammlardagi ORF7a:P45L aminokislota almashinuvi kasallikning og'irroq kechishida muhum o'rni borligi ma'lum bo'ldi.              

Mazkur tadqiqotda Nsp13: A85P va Nsp12: Y479N yangi o'zgarishlar qayta stabillashuvini,  ORF7a: P45L missens-o'zgarish kasallikning og'ir kechishi bilan assotsiatsiyada ekanligi ko'rsatildi. Sikvens qilingan 39 ta izolyatning genom ketma-ketligi halqaro NCBI, GISAID bazalarida ro'yhatdan o'tildi. Olingan natijalar PLOS ONE  (impact factor 3,58) ilmiy jurnalida chop etildi.

Joriy yil boshida ushbu PLOS ONE ilmiy jurnalida koronavirus pandemiyasining birinchi to'lqinda O'zbekistonda tarqalgan 18 ta koronavirus genomi ham to'liq o'rganilib chop etilgan edi

Ushbu maqolalarda, COVID-19 infektsiyasini O'zbekistonga kirib kelish manba-mamlakatlari, mutatsiyalanish darajasi va genetikasi keng ochib berildi. Tadqiqotlar natijasida, O'zbekiston koronavirus genomlarini o'rgangan 50 ta mamlakat qatorida joy oldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться