O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyati sanoatini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi

2022-06-28 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatini o‘rganish va uni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida mazkur hududga yo‘l oldi.

Komissiya a'zolari korxonalar va sanoat ob'ektlarida bo‘ldilar hamda tadbirkor va eksportchilar bilan muloqot qilib, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama etdilar, shuningdek, xususiy sektor vakillari amalda duch keladigan muammolarni ko‘rib chiqdilar.
 
O‘tkazilgan tahlil natijalari Komissiya a'zolari hamda viloyatning tuman va shaharlari mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida videokonferensiya tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘rganildi.
 
Yig‘ilish kun tartibi doirasida hududiy investitsiya dasturining amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Jumladan, joriy yilda viloyatda qiymati 6,4 trillion so‘mlik 698 investitsiya loyihasini hayotga joriy qilish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida 15,3 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Hozirgi kunga qadar ishga tushirilgan ishlab chiqarish obektlari faoliyati, shuningdek, hududning ustuvor tarmoqlarida yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha ishlarning borishi o‘rganildi.
 
Komissiya rahbariyati viloyatda sanoat sohasidagi loyihalar ulushini oshirish va ushbu yo‘nalishda hududda tashkil etilgan “loyiha guruhlari”ning mahalliy hokimiyat organlari va viloyatning tuman va shaharlariga biriktirilgan tarmoq rahbarlari bilan birgalikdagi faoliyatini kuchaytirish zarurligini ta'kidladi. Viloyatning tuman va shaharlari kesimida “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yuqori texnologik sanoat loyihalarini amalga oshirish maqsadida istiqbolli tarmoqlarda yangi investisiyaviy takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha sa'y-harakatlarni faollashtirish topshirildi.
 
Bundan tashqari, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddi rahbarlar tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish va viloyatning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni nazarda tutgan holda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning borishi haqida hisobot berdilar.
 
Uchrashuv yakunida vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Yaqin vaqt ichida Komissiya a'zolari joylardagi vaziyatni yanada chuqurroq tahlil qilish va hududning sanoat-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida Xorazm viloyatida o‘z faoliyatini davom ettiradilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться