O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki vakillari bilan “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida BPO markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi

2022-06-28 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda BPO (Business Process Outsourcing) va KPO (Knowledge Process Outsourcing) xizmatlari bozorida yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishida “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish”ni rivojlantirish va keng ko‘lamli loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini oshirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish – vazirlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida masofaviy xizmatlar ko‘rsatish markazlari (BPO-markazlari)ni tashkil etish va jihozlash ko‘zda tutilgan.

Tomonlar ushbu loyiha O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi doirasida muhimligini qayd etib, uni samarali amalga oshirish va AKT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться