O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryodagi o'rganishlarda asosiy e'tibor aholi muammolarini manzilli bartaraf etishga qaratildi

2022-06-27 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatidagi faoliyati Bandixon tumani «Bandixon» mahallasida joylashgan 7-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda besh tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish bilan davom etdi.

Aytish kerakki, muassasada yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni kasb-hunarga o'rgatish, madaniy-ma'rifiy va sport to'garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu maktabda faoliyat olib borayotgan «Zakovat» klubi, raqs, doira, kitobxonlik va axborot texnologiyalari savodxonligi to'garaklari yo'lga qo'yilgan. Guruh vakillari dastavval, maktabdagi ana shu to'garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Qolaversa, sektor rahbarlarining bandlikni ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy ko'makka muhtoj oilalarga yordam ko'rsatish
va jinoyatchilikni «mahallabay» jilovlash bo'yicha qilingan ishlar natijalari sarhisob qilindi.

Shundan so'ng, Bandixon tumani «Bandixon» mahalla fuqarolar yig'inida tashkil etilgan kutubxonada yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, kitobga bo'lgan mehrini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shu erning o'zida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisining hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Shu bilan birga mahalla markazi binosida tashkil etilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni “Onlayn” tarzda suddan o'tkazish jarayonlari mahalla profilaktika inspektori hamda Jinoyat ishlari bo'yicha Bandixon sudi raislari ishtirokida o'tkazildi.

Keyingi manzil Qiziriq tumani bo'ldi. Qiziriq tumanida ham odamlarni ishli qilish orqali ko'plab muammolarni hal qilish uchun amaliy ishlarga qo'l urilmoqda. Shulardan biri tumandagi «Shodlik» mahallasida ishga tushirilgan «Qiziriq tekstil`» korxonasidir. Tekstil` korxonasida hozirda 270 nafar xotin-qiz ish bilan ta'minlangan bo'lib, ularning safida «Ayollar daftari», «Temir daftar» hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar ham bor.

Hududdagi «Rabotak» mahallasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt jilovlash maqsadida profilaktika inspektori hamda yoshlar etakchisi tashabbusi bilan «Qalqon guruhi» tashkil etilgan. Unga uch nafar yosh jalb qilinib, ular ratsiya aloqa vositasi bilan ta'minlangan. Bu esa guruh vakillarining olib borayotgan faoliyati davomida huquqbuzarlik yoki jinoyatchilik bilan bog'liq biror holat yuz berganda bir-birlari bilan zudlik bilan aloqaga chiqishda, xabar berishda qulaylik yaratadi. Ishchi guruh vakillari mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisining hamkorlikdagi faoliyati yuzasidan hisobotlarini tinglash chog'ida ushbu holat bilan ham tanishdi.

Jarayonda ishchi guruh a'zolari «Rabotak» mahallasida yashovchi hunarmand Mirzali Radjabovning xonadonida ham bo'lishdi. O'zini o'zi band qilgan fuqaroning ustoz-shogird an'anasi asosida shogirdlar tayyorlayotgani, mahallaning boshqa manzillarida ham hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etganliklariga guvoh bo'lishdi. Quvonarlisi, buning orqasidan ko'plab qiziriqlik yoshlarning bandligi ta'minlanmoqda.

Keyingi manzil Termiz tumanidagi O'zbekiston-Afg'oniston chegarasidagi «Ayritom» chegara-bojxona postida bo'ldi. U erda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. 

Jumladan, yuk avtomashinalarini bojxona ko'rigidan o'tkazish uchun zamonaviy rentgen apparati, fuqarolarni o'tkazish punkti, integratsiya qilingan bojxona axborot dasturlari faoliyati va afzalliklari ko'zdan kechirildi.

Bir yo'la tumandagi «Oxunboboev» mahallasida joylashgan Termiz xalqaro savdo majmuasidagi qurilish ishlari va yaratilayotgan ish o'rinlari orqali aholining bandligini ta'minlash va doimiy daromad manbaini yaratish amaliyoti ham e'tibordan chetda qolmadi. Ushbu savdo majmuasi hududida ishlab chiqarish zonasi, omborxona, savdo markazi, mehmonxona, xostel, avtoturargoh, kasalxona, avtoservis va IIB binolari bunyod etiladi.

Termiz shahar «Shodlik» mahallasi hududida avto yo'lning qatnov qismida innovatsion piyodalar o'tish yo'lagi qilindi. Bu esa piyodalar va transport vositalari uchun qulaylik yaratmoqda. Ishchi guruh a'zolari ushbu jarayonga o'zlari guvoh bo'lishdi.

O'rganishlardan so'ng, 24 iyun` kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Baxtiyor Islomov, Ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi ishtirokida Surxondaryo viloyati hokimligida video selektor tarzidagi yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda sektor hududlarida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, sog'liqni saqlash, aholining bandligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash, ularning oldini olish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan olib borilgan o'rganish ishlari tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat hududida istiqomat qilib kelayotgan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar, yakka-yolg'iz yashovchilar, kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalarning holidan xabar olish, ularning muammolarini ijobiy hal etish borasida yo'l qo'yilgan xato va kamchilliklar aytib o'tildi.

Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda yo'l qurilish sohasidagi muammolar, sodir etilgan jinoyat kelib chiqish sabab va omillar sudlar ishtirokida muhokama etilishi sust darajada ekanligi, giyohvand moddalari va spirtli ichimlikka ruju qo'ygan shaxslar, ruhiy kasalliklar dispanseri hisobida turuvchi shaxslar bilan ishlash, oila turmush doirasida kelib chiqayotgan nizolar, oilalarning ajrim yoqasiga kelib qolayotgan vaziyatlar bo'yicha mutasaddi idora va tashkilot rahbarlarining faoliyatlari qattiq tanqid qilindi.

Faoliyati davomida jiddiy kamchilliklarga yo'l qo'ygan bir qator sektor rahbarlari, idora va tashkilot mas'ullariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo'llanildi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться