O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UzVC Milliy venchur fondi Sturgeon Capital boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlikda o'zining ilk startapini 100 000 AQSh dollar miqdorida moliyalashtirdi

2022-06-27 | Jamiyat

Avvalroq UzVC Milliy venchur fondi Sturgeon Capital boshqaruv kompaniyasi bilan birgalikda moliyalashtirish uchun startaplardan arizalar qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Taqdim etilgan arizalar orasida o'zining boshlang'ich bosqichida mablag' to'plashni boshlagan TASS VISION startapiga Fondning investitsiya komissiyasi tomonidan sarmoya kiritish to'g'risida qaror qabul qilindi. Ushbu raundga mahalliy “biznes angeli” Bahrom Abduqodirov qo'shildi va boshqa venchur fondlar bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. 2019-yilda tashkil etilgan TASS VISION startapi sun'iy intellektdan foydalangan holda videotahlil texnologiyasini taqdim etadi. Bunga Visitor Analytics – jinsi va yoshi bo'yicha tashrif buyuruvchilar tahlili, Face HR – HR vazifalarini osonlashtirish uchun xodimlarning kelish vaqtini qayd etish va CJM - Customer Journey Map - do'konda eng ko'p "sotiladigan" nuqtalar tahlili kiradi. Startap o'zining asosiy missiyasini an'anaviy chakana savdoni yuqori texnologiyali va samarali savdoga aylantirish deb ataydi. Ayni paytda startapda 20 dan ortiq xodimlar hamda Janubiy Koreya va Xitoydan masofaviy tarzda dasturchilar ishlamoqda, shu bilan birga mahsulot uchun yangi funktsiyalarni ishlab chiqish orqali takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Hozirda startap e'tibori videotahlillarni ishlab chiqishga hamda kameralarga qo'shimcha qurilmalarni talab qilmagan holda bulut texnologoyalari orqali yangilanadigan va, xohishga ko'ra, avtomatik tarzda o'rnatiladigan dasturlar sonini ko'paytirishga qaratilgan. Barcha ma'lumotlar kamera ichidagi VPU chiplarida qayta ishlanadi. Yig'ilgan mablag'lar mahsulotni rivojlantirish va xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, shuningdek, mahsulotni tashqi bozorga chiqarishga yo'naltiriladi.
UzVC Milliy venchur fondi ilgari yuborilgan arizalarni ko'rib chiqish va startaplardan yangi arizalarni qabul qilishda davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться