O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Coursera” kompaniyasi bilan jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan IT sohasidagi kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi

2022-06-24 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQSHga tashrifi davomida “Coursera” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida AKT vaziri tomonidan O‘zbekistonda bo‘layotgan islohotlar, xususan, ta’lim, AKT sohasida qilingan va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi.

Uzbekcoders.uz platformasida BAA bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Bir million dasturchi” qo‘shma loyihasining mantiqiy davomi sifatida endi haqiqiy mutaxassis bo‘lib o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lganlarga “Coursera” bilan xalqaro darajada o‘qitib sertifikasiyalash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kelishib olindi. 

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olishlariga kengroq yo‘l ochiladi.

IT sohasidagi mutaxassislarga dunyoda talab ortib borayotgani sababli ushbu sohada yoshlar qunt bilan o‘qib, yaxshi mutaxassis bo‘lishsa, ular bemalol o‘z yurtida yashab, iqtisodiy rivojlangan davlatlarga xizmatlarini eksport qilib, yuqori daromad topa oladi, keyinchalik esa o‘z startapini rivojlantirishi ham mumkin bo‘ladi.

Uchrashuv davomida kompaniya vakillari bilan platforma orqali BPO xizmatlari uchun ham kurslar tashkil etish va ulardan foydalanish imkoniyalari haqida ham gaplashildi. 

Shuningdek, kelajakda ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘ladigan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться