O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida axborot tizimlari integratsiya qilindi.
2022-06-23 | Jamiyat
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazining “UzASBO” dasturiy majmuasi, “HR.MF.UZ” axborot tizimi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “D-ARXIV.EDU.UZ” platformasi o‘rtasida 2022-yil 1-maydan boshlab ikki tomonlama ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Shunga asosan, Axborot texnologiyalari markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasi, “HR.MF.UZ” axborot tizimida alohida modul yaratildi.
Ushbu modul orqali xodimning diplom ma’lumotlari (diplom seriyasi va raqami, oliy ta’lim muassasasi nomi, yo‘nalish nomi, berilgan vaqti va boshqa ma’lumotlar) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “D-ARXIV.EDU.UZ” platformasidan kelmoqda.
Buning natijasida, barcha budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning diplom ma’lumotlarini shakllantirish avtomatlashtirildi. Budjet tashkiloti hisobchilari tomonidan ushbu ma’lumotlar oldin dasturga kiritishi va tasdiqlashi kerak bo‘lardi. Shu asosda, diplom ma’lumoti va mutaxassis yo‘nalishiga qarab oylik ish haqi hamda qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi.
Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning ma’lumoti va mutaxassis yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlarga asoslanib davlat budjetidan mablag‘lar rejalashtiriladi. Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va tarifikatsiya uchun mablag‘lar rejalashtirishda diplom ma’lumotlari bo‘yicha avtomat shakllanadigan qilindi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi