O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Germaniya agrar soha vakillari ozuqa ekinlarini yetishtirish mavzusini muhokama qilishdi

2022-06-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Germaniyaning GFA Consulting Group GmbH kompaniyasi mutaxassislari va vazirlikning ekspertlar guruhi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Federal vazirligi (BMEL) tomonidan moliyalashtiriladigan ikki tomonlama kooperatsion dasturni (ITKD) rivojlantirish doirasida o‘tkazildi.

ITKD davomida mahalliy mutaxassislar ekinlarni barqaror yetishtirish, zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda hayvonlarni boqish sohasida Germaniyaning ilg‘or usullarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi korxonalarini boshqarish ko‘nikmalarini o‘rganadilar.

«Yig‘ilishda agrar kompleks uchun bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan organik qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash mavzusiga to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Yer huquqi, urug‘chilik masalalari ham tilga olindi, – deya taʼkidlab o‘tdi Xalqaro moliya institutlari loyihalari ва grantlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ramin Gasanov, – Uchrashuvda O‘zbekistonda ozuqa ekinlarini ekologik jihatdan barqaror va iqlimga moslashtirilgan tarzda yetishtirishni rivojlantirish bo‘yicha birinchi loyihaning tafsilotlari muhokama etildi».

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться