O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi Rodrigo De Lima Baena Soares bilan uchrashdi

2022-06-22 | Siyosat

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida vazir I.Abdurahmonov Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi Rodrigo De Lima Baena Soares bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi amalga oshirilayotgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Braziliya ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ikki davlatning soha vazirlari o‘rtasida muloqotni tashkillashtirish ishlarini amalga oshirishga kelishildi.
 
Tomonlar O‘zbekiston va Braziliya olimlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ikki davlatning tegishli tashkilotlari o‘rtasida qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovlarini e'lon qilish masalasini o‘rganadi. 
 
Ikki davlat texnoparklari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonlik yosh olimlarni Braziliyaning ilg‘or ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish ishlarini o‘rganishga kelishildi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi va moliya sohalariga innovatsiyalarni joriy qilishda hamkorlikni kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. 
 
Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi Rodrigo De Lima Baena Soares Innovatsion rivojlanish vazirligining Braziliya bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar ko‘lamini yuqori baholadi va muhokama etilgan yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlash bo‘yicha vazirlikka qo‘makdosh bo‘lishga tayyorligini bildirib o‘tdi.
 
Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться