O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

2022-06-21 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. 

Hujjatni O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov va Ozarbayjon Milily Fanlar akademiyasi direktori v.b. Arif Gashimov imzoladi.

Memorandum ilm-fan, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va aloqalarni mustahkamlashni ko'zda tutadi. Ishtirokchilar davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun o'zaro manfaatli va muxim bo'lgan ilmiy muammolar bo'yicha qo'shma ilmiy-innovatsion loyixalar va tadqiqotlarni amalga oshirishi belgilab o'tilgan. 

Hujjatni imzolash tadbirida A.Gashimov uchrashuv uchun minnatdorchiligini bildirar ekan, keyingi hamkorlikdan katta umidlar kutayotganini ta'kidlab o'tdi. 

Vazir I.Abdurahmonov o'z o'rnida ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda vazirlik jamoasi manfaatdorligini bildirib o'tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться