O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiyada Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
2022-06-20 | Fan
2022-yili 20-iyun kuni Anqara shahrida Boshkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro markaz hamda Ӯzbekistondagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida "Alisher Navoiy asarlari va xalqaro madaniy ta’sir" mavzuida Xalqaro ilmiy anjuman ӯz ishini boshladi.
Mazkur anjumanda Turkiya, Ӯzbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon kabi turkiy tilli davlatlar navoiyshunoslik markazlarida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq olim va tadqiqotchilar ӯz ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiyaning asosiy yӯnalishi xalqaro adabiy-madaniy aloqalarda Alisher Navoiy asarlarining ӯrni va ahamiyati, uni tahlil va tadqiq qilish.
Turkiyalik olim, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro markaz rahbari, professor Abdurahmon Gӯzalning ta’kidlashicha, Alisher Navoiy bundan keyin ham barcha davru zamonlarda turkiy xalqlarni birlashtiruvchi yagona ma’naviy bayroq bo‘lib qoladi.
Konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov sӯzga chiqib, Boshkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro markaz ӯz navbatida Fondning vakolatxonasi vazifasini ham bajarishini ta’kidladi va kelajakda turkiyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid bog‘ladi.
Konferensiya ikki kun davomida onlayn rejimda ӯz ishini davom ettiradi.
Manba: O'zA