O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha strategiya muhokamaga qo‘yildi

2022-06-20 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi respublikamizda sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish bosqichlari, sun’iy intellekt infratuzilmasini yaxshilash hamda qisqa muddatli va uzoq muddatli dolzarb loyihalarni belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt texnologiyalarini 2023-2030-yillarda rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasini regulation.gov.uz saytida muhokama uchun e’lon qildi.

Qaror loyihasida sun’iy intellekt texnologiyalarining bozor ulushini ko‘paytirish, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot hamda amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda iqtidorli yoshlarni saralash, ularning startap loyihalari va tashabbuskor g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi sohalar kesimida sun’iy intellektni qo‘llagan holda axborot tizimlari yaratish va ularni takomillashtirishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, muhokamalar davomida qaror loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Shuningdek, qaror loyihasi bilan “Sun’iy intellekt texnologiyasi arxitekturasi” va “Sun’iy intellekt sohasida loyihalarni 2023-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash orqali bir qator ijobiy
 natijalarga erishish kutilmoqda. Jumladan:

• sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun normativ-huquqiy asos yaratiladi;

• iqtisodiyot sohalari kesimida dolzarb amaliy loyihalar ishga tushiriladi;

• aholi va jamiyat ehtiyojlarini ustun qo‘ygan holda davlat boshqaruvi 
takomillashtiriladi;

• sun’iy intellekt sohasida ilmiy va startap loyihalarni amalga oshirish mexanizmi
 yaratiladi;

• sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha 
qulayliklar yaratiladi;

• sun’iy intellekt yo‘nalishida malakali mutaxassislar yetishtiriladi va
 ularning zaxirasi shakllantiriladi.

Barcha qiziqish bildirgan shaxslarni mazkur qaror loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarini quyidagi havola orqali bildirishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

https://regulation.gov.uz/oz/d/63134

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться