O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uzbekistan GTL zavodida sintetik neft ishlab chiqarilishi boshlandi

2022-06-20 | Iqtisodiyot

Uzbekistan GTL zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi sintetik neft' ishlab chiqarilishi boshlandi.

Mazkur voqea respublikaning zamonaviy neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatini rivojida yangi texnologik bosqichi hisoblanadi hamda ushbu kun O‘zbekistonda ilk bor sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilganligiga ramziy manoda tarixiy kuni hisoblanadi.
 
2022-yil 14-iyun kuni GTL zavodida sintez-gaz ishlab chiqarilishi to‘laqonli yo‘lga qo‘yildi. 14-iyundan 15-iyunga o‘tar kechasi ishlab chiqarilgan sintez-gaz birinchi marotaba zavodning yuragi hisoblanmish Fisher-Tropsh reaktorlariga - sintetik suyuqlik ishlab chiqarish qurilmasiga yuborildi. 15-iyun soat 9:14da reaktordagi texnologik jarayonidagi fizik va kimyoviy reaksiyalari natijasida sintetik neft' hosil bo‘lgani qayd etildi va laboratoriya sinovlari orqali tasdiqlandi. Hozirda sintetik neft' oraliq mahsulotni saqlash rezervuariga yuborilmoqda. 
Zavodning asosiy ishga tushirish ishlari, shu jumladan 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ishlashini ta'minlash, shuningdek, ularni to‘liq nazorat qilish va boshqarish «Uzbekistan GTL» zavodining muhandislari va yosh mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda, xorijiy mutaxassislarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokisiz, amalga oshirilmoqda.
 
“Uzbekistan GTL” zavodi Yangi O‘zbekistonning neft-kimyo sanoati tarixida sintetik neftning birinchi partiyasini ishlab chiqardi.
 
Hosil bo‘lgan sintetik neft' GTL zavodida sintetik dizel', aviakerosin, nafta va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan sintetik neft' zavodning oraliq mahsulotni saqlash rezervuarlarida to‘planmoqda va tez kunlarda qayta ishlash orqali yuqori sifatli bo‘lgan, ekologik toza sintetik suyuq yoqilg‘i mahsulotlari shu jumladan GTL dizel', kerosin, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqarilishi boshlanadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar birinchi navbatda ichki bozor ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining savdo platformalari orqali sotilishi belgilangan.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться