O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Transport vaziri o‘rinbosari «Valday» xalqaro munozara klubi dasturiy direktori bilan uchrashdi

2022-06-20 | Iqtisodiyot

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov «Valday» xalqaro munozara klubi (Rossiya Federatsiyasi) dasturiy direktori Timofey Bordachyov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida transport, tranzit va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.

Tomonlar ikki davlat rahbarlari belgilab bergan ishonchli strategik siyosat samarasi o‘laroq bugun mamlkatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida e’tirof etishdi.

Shu bilan birga, T.Bordachyov Rossiya transport operatorlari O‘zbekiston korxonalariga Rossiyaga/dan yuk tashuvlari jarayonida logistika xizmatlarini ko‘rsatishdan manfaatdor ekanligi, qolaversa, Rossiya texnologik korporatsiya va kompaniyalari O‘zbekistonda temir yo‘l transporti sohasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi.

Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Поделиться