O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Xartiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan "Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Evroosiyogacha” mavzuidagi konferensiya toʻgʻrisida
2022-06-17 | ShHT
2022-yilning 17-iyun kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida SHHT Xartiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan “Shanxay hamkorlik tashkiloti: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjuman Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etildi.
Xalqaro konferensiyada ShHTga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari, ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kotibiyati va Ijroiya qoʻmitasi xodimlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus, Ozarbayjon tahlil tuzilmalarining yetakchi ekspertlari hamda Oʻzbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya ShHTning Yevroosiyoda, jumladan Markaziy Osiyoga alohida urgʻu bergan holda oʻzaro bogʻliqlikni kuchaytirish uchun siyosiy platforma sifatidagi salohiyati haqidagi gʻoyalarni ilgari surish, shuningdek, boʻlajak Samarqand sammiti chogʻida tegishli tashabbuslar va takliflarni tayyorlashda foydalanish uchun Tashkilotni yanada transformatsiya qilishga doir yangi gʻoyalar va ekspertlar baholarini jamlash va umumlashtirish maqsadida tashkil etildi.
Anjuman davomida ekspertlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar.
- xavfsizlik va strategik barqarorlikni taʼminlash masalalari, shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini kuchaytirish orqali Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikka koʻmaklashish;
- ShHT rivojida Markaziy Osiyoning mintaqalararo aloqalarni kuchaytirishda istiqbolli platforma sifatidagi oʻrni;
- Markaziy Osiyo mintaqasining Tashkilotning transformatsiyasi nuqtayi nazaridan uning “geografik yadrosi” sifatidagi ahamiyati;
- Eronning ShHT ga kirib kelishi munosabati bilan tashkilotning yanada rivojlanish istiqbollari va imkoniyatlari;
- mintaqaviy oʻzaro bogʻliqnikni kuchaytirish orqali geoiqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va jugʻrofiy izolyatsiyani yengishga qaratilgan turli konsepsiyalar muhokama qilinadi.
Konferensiya ShHT Milliy koordinatorlari hamda ShHTga aʼzo davlatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar hamkorlik, terrorizmga qarshi kurash va boshqa sohalarga
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi