O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Qozog‘iston: xalqaro va mintaqaviy turistik axborot markazlari oʻrtasidagi hamkorlik muhokama qilindi

2022-06-17 | Turizm

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi delegatsiyasi 2022-yil 9–10-iyun kunlari Qozogʻistonda o‘tkazilgan “Turkiy davlatlar turistik axborot markazlarining I-yigʻilishi”da ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish “Qozogʻiston turizm” milliy kompaniyasi OAJ hamda Chimkent shahar hokimiyatining Turizm masalalari maʼmuriyati, “Visit Shymkent” turizm axborot markazi tashabbusi bilan tashkil etildi. Asosiy maqsad – xalqaro va mintaqaviy turistik axborot markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ichki va kirish turizmini rivojlantirish, yangi hududlararo va transmilliy sayyohlik yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha yagona konsepsiya yaratishdan iborat bo‘ldi. Ushbu tashabbus qadimiy “Buyuk ipak yoʻli”ning qayta tiklanishi bilan sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda Tojikiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va boshqa tegishli turizm tashkilotlari onlayn ishtirok etishdi. Asosiy tadbirlar 10-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahridagi M.Avezov nomidagi universitet binosida bo‘lib o‘tdi. Yigʻilish davomida, asosan, ishtirokchi davlatlar tomonidan oʻz mamlakatining turizm salohiyatini targʻib qiluvchi taqdimot materiallari va videoroliklar namoyish qilindi. So‘ng ishtirokchi davlatlar vakillari oʻzaro fikr-mulohazalar amashishdi, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab olindi.

Shuningdek, Chimkent shahri maʼmuriyati tomonidan “Turkiy davlatlar turistik axborot markazi” shtab kvartirasining Chimkent shahrida joylashishi bir ovozdan ma’qullandi. Shundan soʻng Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahri turizm maʼmuriyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi “Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” DUK va Navoiy viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shu bilan birga ikki davlatlar oʻrtasida milliy urf-odatlar aks ettirilgan esdalik sovgʻalari almashildi.

Tadbir davomida Chimkent shahrida joylashgan tarixiy va madaniy koʻngilochar obyektlar, jumladan, shahar chekkasidagi Oqsuv-Jabagʻli qoʻriqxonasi, Sayram-Ugom milliy bogʻi, Kaskasu dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ikki davlat vakillari amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, sohadagi rejalar yuzasidan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashishdi.

Tadbir yakuni arafasida madaniy dastur ham tashkil etildi. Dastur doirasida ham ikki davlatlar oʻrtasida milliy urf-odatlar aks ettirilgan esdalik sovgʻalari almashildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться